Sport | 22:17 / 08.05.2018
7579
1 daqiqa o‘qiladi

Autsayder jamoa murabbiyi APLda eng yaxshi deb topildi

Foto: Twitter/@BarclaysFooty

«Vest Bromvich» bosh murabbiyi Darren Mur Angliya Premer-Ligasida aprelning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O‘tgan oyda Mur qo‘l ostidagi jamoa «MYu» va «Nyukasl» klublarini mag‘lub etib, «Suonsi» va «Liverpul» bilan durang qayd etgan edi.

Qizig‘i shundaki, ayni paytda «Vest Bromvich» 31 ochko bilan APL jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi va ligada jon saqlab qolish uchun juda past imkoniyatga ega.

Foto: Twitter/@BarclaysFooty

Mavzuga oid