«O‘zbekekspertiza» o‘z telegram-botini ishga tushirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «O‘zbekekspertiza» aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy tovar nomenklaturasi asosida izlash dasturi va eksport-import sohasi vakillari uchun kerakli ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan Telegram-bot yo‘lga qo‘yildi. Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
“Biz zamonaviy texnologiyalar orqali maqsadli auditoriyamiz bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirmoqdamiz. Telegram-bot eksport va import uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini yengillashtiradi. Mazkur bot bor-yo‘g‘i ikki klik orqali tovar nomenklaturasi asosida mahsulot klassifikatsiyasini topish, shuningdek «O‘zbekekspertiza» AJ faoliyati va xizmatlari haqida kerakli ma'lumot olish imkonini beradi”, - deya ta'kidlaydi aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Ulug‘bek Abdug‘aniyev.
Ushbu Telegram-bot yordamida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin:
- Tovar nomenklaturasi kodlari va nomlarini izlash uchun kerakli vaqtni qisqartirish;
- «O‘zbekekspertiza» AJ vakillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish;
- «O‘zbekekspertiza» AJ xizmatlariga onlayn-arizalardan foydalanish.
Mazkur botdan foydalanish uchun Telegram messenjeri izlash qatorida @uzbekexpertiza_bot nomini kiritish va botni “Start” buyrug‘i orqali ishga tushirish kifoya.
Mavzuga oid
14:50 / 04.04.2024
“O‘zbekekspertiza” AJ ISO 37001 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish auditini muvaffaqiyatli yakunladi
16:34 / 17.02.2023
Ozarboyjon delegatsiyasining “O‘zbekekspertiza” AJga tashrifi yakunlandi
22:20 / 27.09.2018
Tadbirkorlar yangi tuzilma tashkil etish taklifini bildirishdi
13:05 / 07.03.2018