20 yanvar kuni «Özbekekspertiza» kuzatuv kengaşining navbatdan taşqari umumiy yiğilişida Akrom Vasilov taşkilot boş direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi. 

Tayinlovga qadar Vasilov «Markazsanoateksport» davlat-aksionerlik taşqi savdo kompaniyasi hamda «Özsanoateksport»da turli mas’ul lavozimlarda işlagan.

Yiğiliş söngida «Özbekekspertiza» tomonidan kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan asosiy funksional vazifalar va yönalişlar belgilab olindi.

Eslatib ötamiz, 2024 yilning mart oyida «Özbekekspertiza» AJ ustav kapitalidagi davlat uluşi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkazilgan holda, uşbu uluşni boşqariş funksiyasi işonçnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berilgan.