Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda tranzit yo‘lovchilarga aeroportni vizasiz tark etishga ruxsat berildi
Dubay ma'muriyati bir samolyotdan boshqa samolyotga o‘tish vaqti 4 soatdan ko‘proq bo‘lganda tranzit yo‘lovchilarga aeroportni vizasiz tark etishga ruxsat berdi. Bu haqda Arabian Business nashri xabar berdi.
Shaharni ko‘rmoqchi bo‘lganlarga maxsus turlar tashkil etiladi. Dubai Airports Corporation’ning ma'lum qilishicha, “Dubay mikrokosmosda” deb atalgan loyihadan maqsad sayyohlarni shaharning diqqatga sazovor joylari va yutuqlari bilan tanishtirish hisoblanadi.
Boshqa samolyotga o‘tish vaqti 4 soatdan kamroq bo‘lgan yo‘lovchilar uchun aeroportlar binosida interaktiv qo‘rgazmalar va shahar bo‘ylab virtual turlar ochiq bo‘ladi.
Dubay xalqaro aeroporti xalqaro reyslari yo‘lovchilari soni bo‘yicha dunyodagi eng yuklangan aeroport hisoblanadi. Uning yo‘lovchi o‘tkazish qobiliyatini 2023 yilgacha yiliga 90 mlndan 118 mlngacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:53
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026