Sport | 09:15 / 10.05.2018
23160
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» sobiq o‘yinchisi Messi ishtirokidagi g‘alati holat haqida aytib berdi

Foto: Getty Images

«Barselona» sobiq yarim himoyachisi, ayni damda «Pari Sen-Jyermen» safida to‘p surayotgan Tyago Motta Kataloniya jamoasida o‘tkazgan vaqti haqida aytib berdi.

«Barsa»dagi mashg‘ulotlar har doim urushdek bo‘lgan. Men to‘pni olardim va hamma ularga to‘p uzatishim haqida baqira boshlardi. To‘qnashuvlar juda kuchli bo‘lardi, biroq Karles Puyol menga xuddi shunday harakat qilish kerakligini aytdi. Shundan so‘ng meni ko‘proq hurmat qila boshlashdi», - deya 35 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca.

Shuningdek, italiyalik Lionel Messi ishtirokidagi g‘alati hodisa haqida aytib berdi.

«Bir kuni men mashg‘ulot paytida Messiga nisbatan qo‘pollik ishlatdim, hamda shunda uning otasi menga baqirib berdi. U men Leoga juda kuchli zarba berganimni aytdi, biroq bu uni to‘xtatib qolishning yagona yo‘li edi», - deya aytib o‘tdi u.

Motta «Barselona» safida 1999-2007 yillar davomida to‘p surgan. U ko‘k-anorranglilar tarkibida Chempionlar ligasi g‘olibiga, shuningdek, ikki karra Ispaniya chempioniga aylangan va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid