Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»ning Primeradagi rekord seriyasi to‘xtadi
«Barselona» Ispaniya Primerasidagi o‘zining mag‘lubiyatsiz rekord seriyasini uzaytira olmadi. Jamoa 37-tur doirasida «Levante»ga mehmonda 4:5 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Kataloniya klubi uchun bu mag‘lubiyat joriy mavsumdagi Ispaniya birinchiligida birinchisiga aylandi. Bundan avval Ernesto Valverde jamoasi 27 g‘alaba va 9 durangni qayd etgandi. Shuningdek, «Barsa» 2016/2017-yilgi mavsumda so‘nggi yettita o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan.
Ko‘k-anorranglilar joriy mavsumning so‘nggi turida o‘z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi. 20 mayga rejalashtirilgan bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026