Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «Hizbulloh» yetakchilariga qarshi sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi
Foto: Reuters/ Ali Hashisho
AQSh Moliya vazirligi Livanning harbiylashgan shialar tashkiloti va siyosiy partiyasi «Hizbulloh» rahbarlariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda idora xabarnomasida aytiladi.
Sanktsiyalar «Hizbulloh» rahbari o‘rinbosari Naim Qosim va harakatning yana uch nafar yuqori mansabli a'zosiga nisbatan joriy etildi. Ular harakat Oliy kengashiga kirishi aytilmoqda. Shuningdek, tashkilot bilan aloqador bo‘lgan ba'zi jismoniy shaxslarga ham sanksiyalar kiritildi.
«Hizbulloh» yetakchisi shayx Hasan Nasrulloga Amerika sanksiyalari ancha avval joriy etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Livan sobiq bosh vaziri Saad Haririy shialarning harbiylashgan tashkiloti «Hizbulloh» tomonidan berilgan hech qanday bayonotlarni qabul qilmasligini ma'lum qilgandi. O‘shanda ularda arab davlatlari uchun tahdidlar borligi aytilgan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.03.2026
Pedro Sanches – urushga va Trampga «yo‘q» degan AQShning ittifoqchisi
02:49 / 15.03.2026
Eron AQSh Citibank’ining BAA va Bahrayndagi bo‘limlariga zarba berdi
21:35 / 14.03.2026
AQSh urushni to‘xtatishi nimaga bog‘liq?
17:26 / 14.03.2026