Sport | 19:14 / 18.05.2018
21096
1 daqiqa o‘qiladi

Inestaning yangi klubi nomi ma'lum. Shartnoma yaqin vaqt ichida imzolanadi

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi.

Sports Houchi tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu ispaniyalik futbolchi «Vissel Kobe» klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgan. 

Ispaniya chempionatining 38-turida «Real Sosedad»ga qarshi kechadigan uchrashuv yakunlanishi bilanoq Inesta Yaponiyaga uchib ketadi.

Unga «Barselona»ga homiylik qilayotgan Rakuten kompaniyasi prezidenti Xiroshi Mikitani hamrohlik qiladi, u «Vissel Kobe» klubining ham xo‘jayini hisoblanadi.

Inesta keyingi hafta boshida, dushanba kuni yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid