Jamiyat | 01:33 / 20.05.2018
10406
1 daqiqa o‘qiladi

Kann kinofestivali g‘oliblari e'lon qilindi 

71-marotaba o‘tkazilgan Kann kinofestivali g‘oliblari e'lon qilindi. Festivalning bosh sovrini “Oltin palma novdasi” yaponiyalik rejissyor Xirokadzu Koreedaning “Do‘kon o‘g‘rilari” filmiga berildi. 

Festivalning ahamiyati bo‘yicha ikkinchi sovrini – Gran-pri amerikalik rejissyor Spayk Lining “Qora urug‘-aymoqchi” filmiga taqdim qilindi. Hay'at “Sovuq urush” filmini suratga olgan Pavel Pavlikovskiyni eng yaxshi rejissyor deb topdi.

Eng yaxshi aktyor va aktrisa uchun sovrinlar “Dogmen”da rol ijro etgan italiyalik aktyor Marchello Fonte va “Ayka” filmida suratga tushgan qozog‘istonlik aktrisa Samal Yeslyamovaga topshirildi.

Joriy yilda maxsus “Oltin palma novdasi” fransuz kinosi faxriysi Jan-Lyuk Godar va uning “Siymo va nutq” filmi uchun berildi. 

Mavzuga oid