2021 yil 11 maydan 22 maygaça ötişi kerak bölgan 74-Kann kinofestivali iyul oyiga köçirildi. Bu haqda kinofestivalning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Kinofestivalni 6-17 iyul kunlari ötkaziş belgilandi.
Avvalgi 73-Kann festivali pandemiya sababli dastlab keyinroqqa köçirilgandi. Söngra u 27 oktyabrda 3 kunlik qisqartirilgan dastur böyiça ötkazilgan. Uning dasturiga kiritilgan filmlar 2020 yil kuzida ötgan Toronto, Dovill, Angulem, San-Sebastyan, Nyu-York, Pusan va Liondagi kinofestivallarda namoyiş qilingan.
Festival direktori Terri Fremoning ma'lum qilişiça, joriy yildagi festival onlayn-formatda ötkazilmaydi.
Kinofestival odatga köra har yil may oxirida Kanndagi Festivallar va kongresslar saroyida bölib ötadi. Festival ilk bor 1946 yilda ötkazilgan.

















