Dunyoning eng nufuzli kinofestivallaridan biri bölgan Kann kinofestivali koronavirus sababli joriy yilda ötkazilmaydigan böldi.
Bu haqda festival taşkiliy qömitasiga tayanib Variety naşri xabar berdi.
Rejaga köra, festival 12-23 may kunlari ötkazilişi kerak edi. Biroq epidemiya sababli uni iyun oxiriga ötkazişga qaror qilingan va bu hali yakuniy qaror emasligi aytilgan. Fransiyada koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi kamida 10 iyulgaça uzaytirildi va şu sababli festivalni kuzda ötkaziş ham qiyin bölişi mumkin edi. Şu bilan birga, taşkilotçilar festivalni virtual tarzda ötkazişni istaşmagan.
Ta'kidlanişiça, festival uçun tanlab olingan filmlar boşqa festivallarda, jumladan Venetsiyada namoyiş qilinadi. Bu filmlar röyxati iyun boşida e'lon qilinadi.
1946 yildan beri ötkazib kelinadigan festival bungaça 3 marta bekor qilingan: 1948 va 1950 yillarda mablağ yetmagani, 1968 yilda esa Fransiyani qamrab olgan ommaviy tartibsizliklar sababli bekor qilingan.


















