Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi: Grizmanni «Barselona»da ko‘rishdan xursand bo‘laman
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi mavsum yakunlari, shuningdek kataloniyaliklar klubiga «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann kelayotgani haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Yaxshi mavsum. Biz chempionatda va Ispaniya Kubogida g‘olib chiqdik. Afsuski Chempionlar ligasidan erta chiqib ketdik, holbuki bizda yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. Umid qilamanki, keyingi mavsumda barchasi yaxshi bo‘ladi. Shu ruhda davom etishimiz kerak.
Menga Grizmanning o‘yini juda yoqadi. U hozirda eng yaxshilardan biri. Bu transfer to‘g‘risida juda ko‘p gapirilmoqda. Hammasi qanday yakunlanishini bilmayman, ammo «Barselona»dagilar hamisha yaxshi futbolchilarning kelishidan xursand bo‘lishadi», — deya Messining so‘zlarini keltirgan Mundo Deportivo.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026