Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo: AQSh KXDR aholisi hayotini yaxshilashga tayyor
Foto: Chung Sung-Jun/Getty Images
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyada istiqomat qiluvchi odamlarning hayotini yaxshilashga tayyor. Bu KXDR yadrosizlanishni amalga oshirsa, yuz beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Agarda yadrosizlanishga erishsak, unda AQSh KXDRdagi odamlar hayotini yaxshilashi mumkin bo‘lgan ko‘plab narsalarni ularga taqdim etishga tayyor bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Pompeo.
Uning fikricha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In «Amerika texnologiyalarini qadrlaydi, ularni KXDR xalqi uchun muhim, deb hisoblaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Qo‘shma Shtatlar KXDRga nisbatan hech qachon harbiy variantni istisno etmagani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 14.01.2026
Daniya Grenlandiyaga ilg‘or harbiy bo‘linmalarni yuboradi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
20:56 / 14.01.2026
Tramp ma’muriyati Grenlandiyani 700 milliard dollarga sotib olmoqchi
20:27 / 14.01.2026