Sport | 17:40 / 24.05.2018
10486
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» jahon chempionatiga oid rekord o‘rnatdi

«Manchester Siti» jahon chempionatlarining yangi rekordini o‘rnatdi: Angliya chempionining 17 nafar futbolchisi terma jamoalarning mundial uchun tarkiblaridan o‘rin olgan.

Jamoaning 2018 yilgi jahon chempionatiga boradigan futbolchilari: Fabian Delf, Jon Stounz, Kayl Uoker, Rahim Sterling (barchasi – Angliya), Ederson, Danilo, Fernandino, Gabriel Jyezus (barchasi – Braziliya), Ilkay Gundo‘g‘an, Leroy Sane (ikkisi – Germaniya), Nikolas Otamendi, Serxio Aguero (ikkisi – Argentina), Vensan Kompani, Kevin de Bryuyne (ikkisi – Belgiya), Bernardu Silva (Portugaliya), David Silva (Ispaniya) va Benjamen Mendi (Fransiya).

«Siti» bu borada Madridning «Real» klubini ortda qoldirgan, bu jamoaning 16 nafar futbolchisi terma jamoalar yig‘inlariga chaqirilgan.

Bundan avvalgi rekord «Arsenal» tomonidan 2006 yilgi jahon chempionatida o‘rnatilgandi, o‘shanda londonliklar jamoasining 15 nafar futbolchisi jahon chempionatiga borgandi.

2017/18 yilgi mavsumda «Siti» Premer-liga va Angliya Ligasi kubogida g‘olib bo‘ldi.

JCh-2018 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyaning 11 shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid