O‘zbekiston | 10:53 / 25.05.2018
7803
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «Rowing and Canoe» federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston «Rowing and Canoe» federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Bosh «Rowing and Canoe» federatsiyasi mutasaddilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishgan. 

Yig‘ilishda O‘zbekistonda eshkak eshish sport turlari rivojiga qo‘shayotgan hissasi, ko‘p yillik mehnati inobatga olinib, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan federatsiya rahbarligiga Xudoyor Mamajonovich Ahmedovning nomzodi taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa Xudoyor Ahmedov O‘zbekiston «Rowing and Canoe» federatsiyasining prezidenti etib saylandi.

Xudoyor Mamajonovich Ahmedov

Tashkilot bosh kotibligiga esa Vyacheslav Sergeyevich Didrix nomzodi taklif qilindi. Yig‘ilganlarning aksariyat qismi mazkur nomzodni ushbu lavozimga sayladilar. Bundan buyon V.Didrix «Rowing and Canoe» federatsiyasi bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Vyacheslav Sergeyevich Didrix

Mavzuga oid