Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik eshkak eshuvchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Pavel Eygel sport fuqaroligini o‘zgartirishga qaror qildi.
Kanoe slalom bo‘yicha Rossiya terma jamoasi yetakchisi Pavel Eygel sport fuqaroligini o‘zgartirdi. Bu haqda TASS xabar berdi. Eygel O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
«O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishimning asosiy sababi shundaki, o‘zimni hali ham xalqaro maydonda munosib natija ko‘rsatishga qodir bo‘lgan top sportchi sifatida his qilmoqdaman», dedi u.
35 yoshli eshkak eshuvchi o‘zini yoshi katta sportchi deb hisoblamasligini tan oldi.
«Rossiya terma jamoasi esa hozir tarkibni sun’iy yoshartirish strategiyasiga amal qilmoqda... O‘tgan yili terma jamoaga birinchi raqamli sportchi sifatida tanlangandim, biroq barcha markazlashtirilgan yig‘inlarga faqat o‘z mablag‘im hisobidan bora olishimni aytib, meni zaxiraga o‘tkazishdi», deb shikoyat qildi Eygel. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u murabbiylar va federatsiya bilan gaplashmoqchi bo‘lgan, biroq muloqotdan natija chiqmagan.
Pavel Eygel 2018 yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi. U 2028 yilgi Los-Anjyeles olimpiadasida medallar uchun kurashmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin sport federatsiyalari rossiyalik sportchilarni xalqaro musobaqalardan chetlatdi. Shundan so‘ng, ko‘plab rossiyaliklar sport fuqaroligini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:50 / 26.06.2026