Özbekiston Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston «Rowing and Canoe» federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi taşkil etildi.
Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, unda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi rahbariyati, Boş «Rowing and Canoe» federatsiyasi mutasaddilari, sportçi va murabbiylar iştirok etişgan.
Yiğilişda Özbekistonda eşkak eşiş sport turlari rivojiga qöşayotgan hissasi, köp yillik mehnati inobatga olinib, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan federatsiya rahbarligiga Xudoyor Mamajonoviç Ahmedovning nomzodi taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan uşbu nomzodni qöllab-quvvatladilar. Şu tariqa Xudoyor Ahmedov Özbekiston «Rowing and Canoe» federatsiyasining prezidenti etib saylandi.


Taşkilot boş kotibligiga esa Vyaçeslav Sergeyeviç Didrix nomzodi taklif qilindi. Yiğilganlarning aksariyat qismi mazkur nomzodni uşbu lavozimga sayladilar. Bundan buyon V.Didrix «Rowing and Canoe» federatsiyasi boş kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan böldi.












