Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda YouTube bir oyga bloklanadi
Misr ma'muriy sudi shanba kuni quyi instansiyaning YouTube videoxostingini bir oyga bloklash haqidagi qarorini tasdiqladi. Bu musulmonlar tuyg‘ularini haqoratlovchi filmdan kadrlar e'lon qilingani sababli ro‘y berdi, deb xabar bermoqda "Al-Ahram" mahalliy nashr.
Avvalroq, misrlik advokat Muhammad Salom sudga ariza berib, Misr hududida YouTube’ni bloklashni talab qildi. Bu videoxosting payg‘ambar Muhammad S.A.V. hayoti haqida haqoratlovchi shaklda hikoya qiluvchi filmdan kadrlar o‘chirib tashlamagungcha yuz berishi aytilgandi. Advokat mamlakatda shunday kadrlarni ko‘rsatuvchi barcha resurslar taqiqlashni talab qildi. Uning fikricha, ular dinlararo mojarolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Sudning dastlabki qaroriga ko‘ra, YouTube’ni bloklash bilan milliy aloqa boshqarmasi shug‘ullanishi kerak. Biroq, boshqarma apellyatsiya berib, YouTube’ni bloklash qiyin ekanini aytgan.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
00:15 / 14.06.2026
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
19:25 / 20.05.2026