Dunyodagi eng maşhur bloger MrBeast (Jyeyms Stiven Donaldson) YouTube'da 500 million obunaçiga ega böldi.
MrBeast kanali YouTube'da 2012 yil 20 fevralda röyxatdan ötgan bölib, Donaldson özining birinçi videosini 21 fevralda joylagan. U kanaliga dastlab turli videoöyinlarni öynaş jarayonlari tasvirlangan videolarni joylagan.
Keyinçalik bloger turli çellenjlar va sovğali tanlovlar bilan boğliq roliklari bilan tanildi. Uning eng maşhur videosi — «Real hayotdagi kalmar öyini $456 000 uçun!» bölib, u qariyb bir milliard marta tomoşa qilingan.
«Bu şunçaki aql bovar qilmas holat. Bilmadim, men... Aytmoqçimanki, bilsangiz, men hozirgi darajaga çiqişim kerak emas edi. Masalan, menda yarim milliard obunaçi bölişi kerak emas edi. Statistik jihatdan bu bölişi kerak emas edi», — dedi u.
Şuningdek, Donaldson kam ta’minlangan oilada katta bölgani, ota-onasi harbiy bölganini va ular 2008 yildagi moliyaviy inqiroz davrida bankrotlikni boşdan keçirganini eslab ötdi.
Joriy yil fevralida Bloomberg naşri MrBeast öz biznesini kengaytiriş uçun bir neça yuz mln dollar jalb qiliş böyiça muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi. Öşanda uning xolding kompaniyasi taxminan 5 milliard dollarga baholangan.
Donaldsonga tegişli kompaniyalar orasida Feastables şokolad brendi, Lunchly gazaklar işlab çiqaruvçi kompaniyasi va videolar yaratiş bilan şuğullanuvçi studiya bor. Bloger biznesidan xabardor manbalarning aytişiça, 2024 yilda uning loyihalari jami 400 mln dollardan ortiq daromad keltirgan.












