Sport | 08:38 / 26.05.2018
19194
2 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Saloh YeChL finali oldidan tanaffus qildi

Foto: Liverpool FC

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Real»ga qarshi Chempionlar Ligasi final o‘yinidan oldin, Ramazon ro‘zasini to‘xtatib turishga qaror qildi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

«Marbelyada yig‘in o‘tkazganimizda, Saloh Ramazon ro‘zasini tutayotgan edi. Ammo, payshanba, juma, o‘yindan oldingi va o‘yin kuni Ramazon ro‘zasini to‘xtatib turishga qaror qildik. Finaldan so‘ng, u ro‘za tutishni davom ettiradi», — deb jamoa fizioterapevti Ruben Pons so‘zlarini keltirmoqda A Bola.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Islom dini safarga chiqqan odamlarga bir qancha yengilliklarni, xususan, namozni qisqartirish va ro‘zani to‘xtatib turish imkoniyatini beradi. 

Avvalroq, Misr muftiysi Shavqiy Allam jahon chempionatida ishtirok etish uchun Rossiyaga yo‘l olgan Misr terma jamoasi a'zolari ro‘zani kechiktirishi mumkinligi haqida fatvo bergan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid