Poroshenko Chempionlar ligasi finalida kimga ishqibozlik qilishini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bugun Kiyevda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida kimga ishqibozlik qilishi haqida fikr bildirdi.
«Mendan kimga - «Real» yoki «Liverpul»ga ishqibozlik qilishim haqida so‘rashganida, shunday deyman - har ikki klubni qo‘llab-quvvatlayman», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi 112.ua.
Uning ta'kidlashicha, o‘g‘li Mixail «Liverpul»ning ashaddiy ishqibozi sanaladi, qizi Yevgeniya esa «Real»ni qo‘llab-quvvatlaydi.
«Ya'ni mening uyim har ikki klubni aniq qo‘llab-quvvatlamoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.
Chempionlar ligasi finali Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Klichko YeChL finali bo‘yicha taxmin bildirgandi.
Mavzuga oid
10:48 / 04.10.2024
Galaktikos 2.0. «Real»ning natijalari qanchalik xavotirli?
22:27 / 29.08.2024
YeChLga qur’a tashlandi - har bir klub 8 tadan raqibini bilib oldi
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
16:27 / 15.03.2024