Çorşanba oqşomida Çempionlar ligasi pley-offiga ötiş bosqiçi öyinlari yakunlandi. Endi 1/8 finalda iştirok etadigan barça jamoalar nomi ma’lum.

«Nyukasl Yunayted» – «Qoraboğ» 3:2
Gollar: Tonali, 4 (1:0). Joelinton, 6 (2:0). Duran, 51 (2:1). Botman, 52 (3:1). Jafarguliyev, 57 (3:2)
Aniq ijro etilmagan penalti: Yankoviç, 57’
«Nyukasl Yunayted»: Ramsdeyl, Botman (Holl, 53), Byorn, A. Myorfi, Trippiyer (Uillok, 53), Tonali, Joelinton (Gordon, 54), Voltemade, Barns, J. Myorfi (Şaxar, 87), Osula (Vissa, 73)
«Qoraboğ»: Koxalski, Guseynov, Medina, Silva, Yankoviç (Bayramov, 79), Pedru Bikalyu, Jafarguliyev (Adday, 79), Bolt, Montiel (Borjyes, 62), Zubir (Gurbanli, 79), Duran (Kaşçuk, 69)
Ogohlantiriş: Pedru Bikalyu, 80
Umumiy natija: 9:3

«Qoraboğ»ning Çempionlar ligasidagi ertagi yakunlandi. Birinçi öyindagi natija (1:6) Ozarboyjon jamoasining 1/8 finalga çiqiş imkoniyatini amalda yöqqa çiqargandi. Angliyadagi öyinda uşbu klub munosib öyin körsatdi, ammo yana yutqazdi. Ikki öyin natijasiga köra 3:9 hisobidan keyin jamoa turnirdagi iştirokini yakunlandi. Hozirça «Qoraboğ»ning «Nyukasl» kabi raqiblarga kuçi yetmasligi ma’lum böldi.

«Atletiko» – «Bryugge» 4:1
Gollar: Syorlot, 23 (1:0). Ordones, 36 (1:1). Kardozo, 48 (2:1). Syorlot, 76 (3:1). Syorlot, 87 (4:1)
«Atletiko»: Oblak, Gansko, Pubil, Rudjyeri, Liorente, Kardozo (Ximenes, 83), Koke (Molina, 70), Baena (Lukman, 70), Simeone (Mendosa, 83), Syorlot, Alvares (Grizmann, 58)
«Bryugge»: Minole, Ordones, Mehele (Meyyer, 88), Seys (Lemareşal, 82), Sabbe, Stankoviç, Vetlesen (Verman, 65), Vanaken, Tzolis (Nilsson, 82), Borjyeş, Tresoldi (Dyakon, 65)
Ogohlantirişlar: Lorente, 85 – Ordones, 40. Verman, 85
Umumiy natija: 7:4

Aleksandr Syorlot – «Bryugge»ning jallodiga aylandi. Belgiya klubi ikkinçi öyinda ham «Atletiko»ga jiddiy qarşilik körsatdi, ammo yakunda Çempionlar ligasi bilan xayrlaşişiga töğri keldi. Uç bölimdan keyin «Bryugge» nomdor raqibi bilan teng körsatkiç qayd etayotgandi – 4:4. Ammo «Atletiko» Madriddagi öyinni yirik ğalaba bilan yakunladi. Syorlot het-trik qayd etdi va klubini keyingi bosqiçga olib ötdi.