Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL qur’asi: «Siti»ga yana «Real» tushdi
«Siti» «Real» to‘sig‘idan o‘tgan taqdirda, navbatdagi bosqichda «Bavariya» raqib bo‘lishi mumkin.
Bugun, 27 fevral kuni, Chempionlar ligasi 1/8 finali uchun qur’a tashlandi. Marosim an’anaga ko‘ra Shveytsariyaning Nion shahrida, UYeFA shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov a’zosi bo‘lgan «Manchester Siti» klubi bu bosqichda «Real»ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu jamoalar umumiy guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnashgan, Madridda kechgan o‘yin inglizlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Umuman, 2020 yildan buyon bu jamoalar YeChL pley-off bosqichlarida 5 marta to‘qnashgan, shundan 3 tasida «Real», 2 tasida «Manchester Siti» keyingi bosqichga o‘tgan.
YeChL 1/8 finali qur’asi natijalari:
- «PSJ» — «Chelsi»;
- «Galatasaroy» — «Liverpul»;
- «Real» — «Manchester Siti»;
- «Atalanta» — «Bavariya»;
- «Nyukasl Yunayted» — «Barselona»;
- «Atletiko» — «Tottenhem»;
- «Budyo-Glimt» — «Sporting»;
- «Bayyer» — «Arsenal».

Qur’a yakunlariga ko‘ra jamoalarning finalgacha bo‘lgan yo‘llari ham belgilab olingan.
Xususan, «Manchester Siti» «Real» to‘sig‘idan o‘tgan taqdirda, chorakfinalda «Bavariya»ga duch kelishi mumkin, shuningdek, setkaning bu tomonida «Liverpul», «Chelsi» va «PSJ» kabi boshqa grand jamoalar ham bor.
Umumiy guruh bosqichida 8 o‘yinda 8 g‘alabaga erishgan va guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqqan «Arsenal»ning yo‘li esa osonroq: londonliklar jamoasi nimchorak finalda «Bayyer» bilan o‘ynaydi, bu jamoa to‘sig‘idan o‘tilsa, navbatdagi bosqichda «Budyo-Glimt» va «Sporting» juftligi g‘olibiga to‘qnash keladi.
1/8 final bosqichi doirasidagi birinchi o‘yinlar 10-11 mart kunlari, javob uchrashuvlari 17-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Turnir finali Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida 30 may kuniga belgilangan.
Mavzuga oid
02:16
Rasman: «Arsenal» 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi
16:55 / 19.05.2026
Gvardiola «Siti»dan ketmoqda
11:01 / 19.05.2026
«Arsenal» g‘alabali seriyani davom ettirdi va chempionlikka yaqinlashdi
21:19 / 16.05.2026