Buzilgan uy-joylar: qonunchilik nima deydi?
Tashkent sity deya nom olgan innovatsion shahar qurilishi butun O‘zbekiston aholisi orziqib kutayotgan voqelik hisoblanadi. Ushbu texnologik markaz yurtimizning xalqaro maydondagi imidjini belgilab beradi.
Xo‘sh, davlat ixtiyori uchun olinadigan ushbu hududdagi turar joylar buzilishining qonuniy asosi qanday? Aholi huquqlari qay shaklda himoya qilinadi? Bu masala yuzasidan Shayhontoxur tumani kadastr filiali boshlig‘i, shtab xodimi Nosir Latipov Kun.uz'ga quyidagicha ma'lumot berdi:
“Tashkent sity hududida uy-joylar buzilishi va aholiga boshqa joydan yer ajratish, kompensatsiya puli berish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 maydagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 97-sonli qarorining 9-bandida belgilab berilgan.
Bu jarayon Shayxontohur tumani O‘qchi va Olmazor mahallalaridagi uy-joylarni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha tashkil etilgan shtabdagi maxsus komissiya (tarkibida tuman hokimi raisligida, tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, tijorat banklari va tegishli vakolatli organlar vakillaridan iborat) ko‘rib chiqadi.
Buzilish ro‘yxatiga tushgan uylarda yashagan aholi tegishli tartibda ariza yozadi va ishchi komissiya murojaatchining ijtimoiy ahvolini o‘rganib qaror qabul qiladi. Ikki bosqichda amalga oshirilayotgan komissiya dastlab ro‘yxatda turgan va doimiy yashayotgan fuqarolarga uy-joy ajratib berish bilan shug‘ullanyapti. Bizdagi shu kungi hisobotga ko‘ra, O‘qchi mahallasi misolida aytadigan bo‘lsak, 1334 oiladan 1279 tasiga o‘z ixtiyorlari bilan Yashnobod tumani Obod makon hududidan yangi qurilayotgan xonadon yoki ikkilamchi xonadonlar topshirilmoqda. Qolgan 55 ta oilaga uy berish jarayoni amalga oshirilyapti. Ikkinchi bosqichda ro‘yxatda turuvchi, ammo doimiy yashamaydigan fuqarolar masalasi hal etiladi”.
2017 yil 28 noyabrdagi 1582-sonli O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar hokimining “Shayxontohur va Olmazor tumanlarida Tashkent sity xalqaro ishbilarmonlik markazi, “Suzuk ota” majmuasi va Islom madaniyati markazi loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytilganidek, buzilishga tushgan turar joydagi oilalarga yetkazilgan zararni qoplash Tashkent sity biznes direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Markaz obektida 1138 ta oilaga (aholi ijtimoiy ahvoli o‘rganilgandan so‘ng miqdor oshirildi) 12.75 mlrd. so‘m (har bir oilaga 8 oy muddat uchun 11.2, mln so‘mgacha) investorlar orqali Tashkent Sity'da biznes direksiyasi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgandi. Bunda har bir oilaga oyiga 1.4 mln.so‘m mablag‘ ajratiladi.
Mavzuga oid
10:27
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
17:03 / 29.10.2024