Sport | 22:00 / 29.05.2018
9583
3 daqiqa o‘qiladi

“Cho‘l ritsarlari“dan “Birgalikda yengilmasmiz”gacha: JCh-2018’da ishtirok etuvchi jamoalar shiorlari

Foto AFP

14 iyunda Rossiyada boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida barcha ishtirokchi terma jamoalar o‘zlarining rasmiy shiorlari qanday bo‘lishini aniqlashtirib oldilar. 

Ushbu shiorlar muxlislar o‘rtasida ovoz berish yo‘li bilan tanlangan. Bu shiorlarning barchasi jamoalar avtobuslari oynalariga tushiriladi.

Quyida ushbu shiorlar keltirilgan.

A guruhi
Rossiya: "Ochiq qalb bilan o‘yna"
Saudiya Arabistoni: "Cho‘l ritsarlari"
Misr: "Fir'avnlar haqida gapirganingizda, dunyo o‘rnidan turib, eshitishi kerak”
Urugvay: "Quyosh Rossiyada porlaydi, butun osmon ko‘k-moviy rangda”

V guruhi
Portugaliya: "O‘tmish – sharaf, hozir – tarix"
Ispaniya: "Birgalikda yengilmasmiz"
Eron: "80 million kishi, bir millat, bir yurak urishi"
Marokash: "Atlas sherlari – Marokash faxri"

S guruhi
Fransiya: "Sizning kuch, bizning ehtiros, olg‘a Ko‘klar!"
Avstraliya: "Jasur bo‘l, dovyurak bo‘l, yashil va tillarangdagi Sokkeruz"
Peru: "Biz qaytdik! 30 million perulik bu yerga kelmoqda"
Daniya: "Birgalikda tarixni yaratamiz"

D guruhi
Argentina: "Birgalikda orzu ortidan"
Islandiya: "Keling orzumizni ro‘yobga chiqaraylik"
Xorvatiya: "Kichik davlat, katta orzular"
Nigeriya: "Afrika faxri qanotlari"

Ye guruhi
Braziliya: "Beshta yulduzdan ko‘proq, 200 million yurak"
Shveytsariya: "4 ta til, bir millat"
Kosta-Rika: "Butun davlat o‘ynaganda, ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q"
Serbiya: "Bir jamoa, bir orzu – Serbiya"

F guruhi
Germaniya: "Tarixni birga yozamiz"
Meksika: "Meksikada qilinganlar, g‘alaba uchun qilinganlar"
Shvetsiya: "Birgalikda Shvetsiya uchun!"
Janubiy Koreya: "Osiyo yo‘lbarslari, dunyoni zabt eting"


G guruhi
Belgiya: "Qizil iblislar topshiriqda"
Panama: "Panama – ikki dengiz kuchi"
Tunis: "Rossiya, bu yerga burgutlar, qo‘llarni qo‘llarga berib o‘yinchilar va muxlislar uchmoqda"
Angliya: "Bizga g‘alaba keltiring"

N guruhi
Polsha: "Olg‘a, Polsha!"
Senegal: "Iloji yo‘q – senegalliklar uchun emas"
Kolumbiya: "Bir orzu, 3 rang va 50 million yurak"
Yaponiya: "Kurashing, ko‘k samuraylar"

Mavzuga oid