O‘zbekiston | 16:26 / 29.05.2018
14983
15 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi direktori vazifalari belgilandi

Vazirlar mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Markaz tizimiga quyidagilar kiradi:

markaziy apparat;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);

Kasb-hunar ta'limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;

Metrologik nazorat xizmati;

idoraviy kasb-hunar kollejlari;

nodavlat kasb-hunar kollejlari.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta'limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni ta'minlash;

2) ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida o‘rta bo‘g‘inning mehnat bozorida talab etilgan mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;

3) yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta'minlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta'minlash;

4) tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish;

5) respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ishlarini ularning idoraviy mansubligidan qat'i nazar, muvofiqlashtirish;

6) kasb-hunar kollejlarida ta'lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ta'lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish;

7) umumta'lim maktablari 10-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar ta'limi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik ta'minlash.

Quyidagilar markaziy apparatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta'minlash;

2) kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standarti, mutaxassisliklar (kasblar) ta'lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarning takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ta'lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;

3) o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish va nashr etish faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;

5) kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

6) Markaz tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;

7) hududiy boshqarmalarda va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarda kadrlar bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish;

8) Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.

Quyidagilar Markaz direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Markaz, uning hududiy boshqarmalari va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta'minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni xizmatlari va Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

6) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyat darajasini belgilash;

8) Markaz faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Markaz va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash;

9) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Markaz faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

10) Markaz xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Markazning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

12) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Markazga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlari va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta'minlash;

13) faoliyat sohasiga oid masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida», «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining reglamenti deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ–3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Devonining reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining reglamenti deb ataladi) talablariga qat'iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi Apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

14) «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida», «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Markazning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta'minlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish, shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);

16) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida» 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va «Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga muvofiq Markaz rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta'minlash;

17) o‘z o‘rinbosarlari va hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Markaz hay'ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

18) Markaz xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas'uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

19) Markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta'minlash;

20) «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

21) Markaz va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta'minlash;

22) aholi va tadbirkorlik sub'yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, «yagona darcha» prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

24) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Markaz xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta'minlash;

25) davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

26) Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar to‘g‘risidagi nizomlarni, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

27) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;

28) Markaziy apparat xodimlarini, hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

29) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

30) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash;

31) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasiga zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish.

Markazga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Markaz direktori — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladi.

Markaz direktorining ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Markaz direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Mavzuga oid