Oliy ma'lumotga ega bölgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega şaxslar bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça ikkinçi va undan keyingi oliy ta'limni olişi mumkin.
Ikkinçi va undan keyingi oliy ta'lim böyiça qabul parametrlari OTM kengaşi tomonidan belgilanadi.
Öqişga kiriş uçun abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustgaça (şu kuni ham) Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan işlab çiqilgan maxsus elektron tizim orqali röyxatdan ötadi.
Qabul tartibi (kiriş imtihoni şakli, baholaş mezonlari, imtihon ötkaziş muddatlari) har yili 1 iyulgaça OTM rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30 avgustgaça OTM tomonidan e'lon qilinadi.
Ikkinçi va undan keyingi oliy ta'limda öqiş 2-kursdan boşlanadi. Bunda öqiş davomiyligi tegişli bakalavriat ta'lim yönalişlari uçun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Nizom oliy harbiy ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuçga kiradi.












