Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Koreya universiteti filiali tashkil etiladi
Toshkent viloyati hokimligida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Davron Hidoyatov Koreyaning “Hwashin Cyber” universiteti MDH davlatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Sun Gi Kim bilan muloqot olib bordi.
Uchrashuvda “Hwashin Cyber” ta'lim muassasasining 10 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan investitsiya mablag‘lari hisobiga Toshkent viloyatida Koreya Respublikasi universiteti filialini yo‘lga qo‘yish taklifi muhokama qilindi.
Ta'lim dargohida sport zal, madaniyat saroyi, kutubxona binolarini qurish, ta'lim klasterini tashkil etish, buning uchun universitet qoshida maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktab binosi, 600 o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish, ta'lim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan darslarga malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish lozimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan talabalarga o‘z yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlarini “Hwashin Cyber” universitetida davom ettirib, tegishli tartibda ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratib berish tartiblarini joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026