Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari 2021/2022 öquv yilidan boşlab har yili öz hududlaridan öqişga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda öqiyotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uçun tölov-kontrakt summasini tört öquv yili yakunlanişiga qadar tölab beradi.
Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengaşlari qaroriga muvofiq, 50 nafargaça xotin-qizlar birinçi öquv yilida bepul öqitiladi. Bunda talabgorlarning keyingi öquv yillari uçun ta'lim kreditlari rasmiylaştiriladi. Hokimliklar öz hududlaridagi talabgorlar uçun uçinçi şaxs kafilligini beradi hamda öqişni tamomlagandan söng ularni iş joyi bilan ta'minlaydi.
Talabgorlarni tanlab oliş quyidagi mezonlar asosida amalga oşiriladi: otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar; boquvçisi yöq ehtiyojmand yolğiz ayollar. Bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvçi xotin-qizlar test natijalari e'lon qilingan kundan boşlab ijtimoiy holati töğrisidagi ma'lumotnomani har yili 10 kun içida OTM qabul komissiyasiga taqdim etadi. Davlat OTM 5 kun mobaynida röyxatni şakllantirib, hokimliklarga yozma ravişda ma'lumotlarni yuboradi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvçisi yöq yolğiz ayollar oliy ta'lim olişlarini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş komissiyasi 15 kunda (lekin har öquv yilida 15 sentyabrdan keç bölmagan muddatda) talabgorlar röyxatini hamda şartnomani imzolaş böyiça xulosalarni davlat OTMga yozma ravişda kiritadi va belgilangan tartibda şartnomalarni rasmiylaştiradi.
Mazkur tartib tölov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzni, sirtqi, keçki ta'lim şaklidan qat'i nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2-4 kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qöllaniladi.
Quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: ikkinçi va undan keyingi oliy ta'lim oliş uçun tanlovda iştirok etgan talabgorlarga; Özbekistonda joylaşgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat ta'lim xizmatlari bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlariga; oliy harbiy ta'lim muassasalariga.
Talabgorlar joriy öquv yili davomida OTMni yoki ta'lim yönalişini özgartirsa yoxud talabalar safidan çetlaştirilsa mazkur imtiyozdan foydalanib bölmaydi. Talabgorlarni tanlab oliş natijalari “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali e'lon qilinadi.








