O‘zbekiston | 22:24 / 30.05.2018
4167
6 daqiqa o‘qiladi

"O‘zekspomarkaz"da birvarakayiga 2ta ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Foto: O‘zekspomarkaz

2018 yilning 30 mayidan 2 iyuniga qadar “O‘zekspomarkaz” AJ MKKning №№1-2 pavilonlari va ochiq maydonlarida birvarakayiga 2ta ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi: XIII «Uzbekistan Agrotech Expo–2018» Respublika qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkasi va VII «Uzbekistan Agromash Expo–2018» qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari ko‘rgazmalari.

Ko‘rgazmalar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: “Meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish”, “Muzlatgich va muzlatish uskunalari”, “Meva va sabzavotlarni quritish uskunalari”, “Non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish”, “Bog‘dorchilik texnologiyalari”, “Issiqxona komplekslari”, “O‘simliklarni himoyalovchi kimyoviy dori vositalari”, “Chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish texnologiya va uskunalari”, “Go‘sht va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash”, “Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash”, “Veterinariya” va “Qishloq xo‘jaligi texnikasi”.

Ko‘rgazmada 110 dan ortiq korxonalar ishtirok etishmoqda, ulardan 71 tasi xorijiy korxonalardir. Shular jumlasidan:

  • Germaniyadan “Happel”, “GEA”, “Buschhoff”, “BDW Feedmill”, “Haller AG”, “Agrokraft GmbH”korxonalari;
  • AQShdan “John Deere” korxonasi;
  • Italiyadan “Advice & Consulting”, “Spaggiari La Mecanica”, “Ferrari 
  • CostruzioniMeccanicheSrl”, “L. GobbiSrl”, “OCMIS Irrigazione”, “Roter Italia Srl”, “RovattiPompe Spa”, “Futura Srl”, “Cold Energy Srl” korxonalari;
  • Turkiyadan “European Greenhouse”, “PorlanmazMakine Metal TekstilInsaatHirdavatSan.Tic.LtdSti”, “EskibarajTarim” korxonalari;
  • Koreyaning “Farmsko Co. Ltd”, “Yuk-IL Co. Ltd”, “Myung Sung Placon
  • Co. Ltd”, «Doo-Jin Construction Co.” korxonalari;
  • Isroilning “Adama”;
  • Rossiyaning AO "Shebekinskiy mashinostroitelnyy zavod", AO
  • "Melinvest", OOO "SiSort";
  • Ispaniyaning “RufepaTecnoagro”;
  • Niderlandiyadan “DelflandAsia BV”;
  • Qozog‘istonning TOO "DeLaval", TOO “ALEM AGRO HOLDING” korxonalari;
  • Ukrainaning PrAT "Mogiliv-Podilskiy mashzavod" korxonalari shular jumlasidandir.

Ko‘rgazmalar umumiy hisobda 4 000 kv.m.ni o‘z ichiga oladi.

Ko‘rgazma maydonlarida agrosanoat kompleksi uchun keng ko‘lamdagi texnologiyalar, mexanizm va uskunalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, fermer xo‘jaliklari uchun, modernizatsiya qilingan issiqxonalar, sovutish uskunalari va shu turdagi texnikalarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Ochiq maydonlarda paxtachilik texnikasi, paxta terimi uchun mashinalar, kombaynlar, bog‘dorchilik traktorlari, o‘simliklar uchun purkov texnikalari, yer chopish uskunalari, mototsikllar va boshqa texnikalar namoyishini ko‘rish mumkin.

Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar va mehmonlar uchun qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish texnologiyalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug‘iladi. Shu bilan birgalikda xorijiy korxonalarning ko‘rgazma mavzulariga oid bo‘limlar bo‘yicha seminar va taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmalar “O‘zekspomarkaz” AJ MKK tomonidan IFWExpo Heidelberg GmbH (Germaniya) va “Techno Cool” kompaniyalari,axborot hamkorlari - “UzNews”, “Yellow Pages Uzbekistan”, “Kun.Uz”, texnik hamkorlar “Tarovat Media” va rasmiy internet-provayder “Sharq Telekom” hamkorligida tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma homiysi - «John Deere» (AQSh).

Ushbu ko‘rgazma fermerlar, ishlab chiqaruvchilar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, quruq va xo‘l meva va sabzavotlarni eksport qiluvchi tadbirkorlar uchun ajoyib biznes maydoni bo‘la oladi.

Bir maydonda qishloq xo‘jaligi uskunalarini ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik shartnomalarini tuzish va shaxsiy tadbirkorlik faoliyatingizni rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.facebook.com/uzexpocentre.uz/ijtimoiy tarmog‘i orqali,www.uzexpocentre.uzsaytimizdan va(99871) 238-56-11 telefon raqami orqali olish mumkin. Shu bilan birga so‘nggi xabarlarimiz bilan t.me/uzexpocentre kanalimiz orqali tanishishingiz mumkin.

Ko‘rgazmalar ish kunlari:

30 may – soat 11.00 – 17.00.

31 may – soat 10.00– 17.00.

01 iyun – soat 10.00  – 17.00.

02 iyun – soat 10.00 – 16.00.

Ko‘rgazmalarga marhamat!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid