Sport | 00:14 / 31.05.2018
10707
2 daqiqa o‘qiladi

Vagiz Galiulin: «Meni «Tosno»dan haydab yuborishmoqchi»

Foto: Tosno

Rossiyaning «Tosno» klubi yarimhimoyachisi Vagiz Galiulin klubdagi vaziyat haqida gapirib berdi.

«Tosno» uch oydan buyon maosh to‘lamayapti. Ikki marta mukofot oldik, bu ham mavsum boshida edi. Klubning futbolchilardan qarzlari juda katta. Kubok finalidan oldin, gubernator biz bilan uchrashib, qarzlardan qutulishni va'da bergan edi, ammo hech narsa o‘zgarmadi.

Bugun «Tosno» litsenziya ololmadi, endi nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Faoliyatimning eng yaxshi davrini «Tosno»da o‘tkazdim, klub uchun o‘zimni ayamay o‘ynadim. Endi esa meni haydab yuborishmoqchi. Klub xodimlari ham nochor ahvolda. Nijniy Novgorod va Belgorodda ham shunday bo‘lgan edi. Hech kim futbolchilar bilan hisoblashmay, haydab yuborishgandi. Endi Rossiya prezidentiga xat yubormoqchimiz», – dedi Vagiz.

Eslatib o‘tamiz, Vagiz Galiulin 2016 yildan beri «Tosno» tarkibida o‘ynayapti.

Avvalroq, «Tosno» klubi yo‘qolib ketish arafasida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid