Povetkin - Joshua jangi taxminan qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang o‘tkazilish muddatlarini ma'lum qildi. G‘olib WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni nomini qo‘lga kiritadi.
«Men jahon chempioni nomiga majburiy da'vogarga aylandim, shuning uchun Entoni Joshua bilan jang o‘tkazilishi kerak. U qachon va qayerda o‘tkazilishi hozircha noma'lum, hammasi promouterlarga bog‘liq. Katta ehtimol bilan, jang Angliyada kuzda bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlikni aniq sana ma'lum bo‘lgach boshlayman», - deya ma'lum qildi Povetkin.
Povetkin o‘zining so‘nggi jangini 31 mart kuni Kardiffda o‘tkazdi va britaniyalik Devid Praysni nokautga uchratdi. Bu jangda u og‘ir vazn toifasidagi WBA Inter-Continental va WBO International kamarlarini himoya qildi.
Joshua esa 1 aprel kuni yangi zelandiyalik Jozef Parkerni ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratdi va uchta sovrinni birlashtirdi: Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks tashkiloti (WBO). WBC kamari esa amerikalik Uaylderga tegishli bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
18:31 / 14.11.2024
Qirg‘iziston prezidenti rossiyalik bokschiga 150 ming dollarlik Rolls-Roys sovg‘a qildi
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
22:40 / 28.08.2024
Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berildi
21:18 / 19.08.2024