Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni malikasi Vogue muqovasida avtomobilda aks etdi
Vogue jurnalining Saudiya Arabistonda chop etiluvchi iyun oyi nashri muqovasida malika Xayfa bint Abdulla Ol-Saudning avtomobil ruli boshqaruvida aks etgan surati paydo bo‘ldi. Nashr shu tariqa mamlakatdagi ayollarning mashina boshqaruviga taqiqni bekor qilinganini namoyish etdi.
Suratda Xayfa bint Abdulla Ol-Saud qizil kabriolet ruli qarshisida aks etgan, muqovada "Harakatga keltiruvchi kuch" yozuvi tushirilgan. Malika Vogue'ga Saudiya Arabistonida "konservatorlar ko‘pligi", lekin u baribir o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Jurnal tahririyati saudiyalik ayollar bilan "taqiqlov bekor qilinganini nishonlayotgani"ni qo‘shimcha qilgan.
Ayollarning Vogue tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramay, ko‘pchilik jurnalni iyun oyi nashri uchun tanqid qilishdi. The Guardian'da ta'kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari jurnalda mashina boshqarishga nisbatan taqiqlovning bekor qilinishini talab qilayotgan siyosiy faollarning qo‘lga olingani haqida yozilmaganidan norozi bo‘lishgan. Ba'zilar hatto malikaning yuzini qo‘lga olingan faollar yuziga o‘zgartirishgan.
2017 yilning sentabrida Saudiya Arabistoni qiroli ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagandi. Biroq haydovchilik guvohnomasini olish uchun ayollar avvalgidek erkaklardan ruxsat olishlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
22:28 / 22.12.2025
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi
21:16 / 18.12.2025
Saudiya Arabistoni JCh-2034 budjetini qisqartiradi
10:43 / 17.12.2025
10 oyda Saudiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 70 foizga oshgan
22:11 / 14.12.2025