Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“OSIYO” go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasidan saxovat tadbiri
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu kun butun dunyo bolalari uchun beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu - dunyo, bola bu - hayot mazmunining ajralmas qismi. Ular o‘z tabassumi bilan insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.
Shu kunlarda respublika bo‘ylab Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Xususan, "OSIYO" go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi sana munosabati bilan savobli ishga qo‘l urdi.
Korxona tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun turli sport anjomlari, kolbasa va go‘sht mahsulotlari sovg‘a sifatida ulashildi.

Saxovat va mehr-muruvvatli ishlarga boy bo‘lgan muqaddas Ramazon oyida amalga oshirilgan ushbu tadbir bolalarda katta taassurot qoldirdi. Ularning ko‘zlaridagi quvonch va kayfiyatlaridagi ko‘tarinkilik bundan yaqqol darak berib turardi.


Bugun ushbu Mehribonlik uyida turli millatga mansub 97 nafar bolalar (57 nafar o‘g‘il va 40 nafar qizlar) tarbiyalanmoqda. Ulashilgan sport buyumlari esa ushbu o‘g‘il-qizlarning sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.


Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, bu kabi savobli loyihalar kelgusida ham davom ettiriladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:16 / 04.04.2023
“Mehribonlik uyidagi muhit bo‘yicha oldinroq tegishli organlarga ma’lumot berganmiz” – Milliy gvardiya mas’uli
15:16 / 17.05.2022
Bolalar namoyish uyushtirgan 21-son Mehribonlik uyi direktori ishdan bo‘shatildi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atgan
21:06 / 21.04.2022
21-mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirdi – vazirlik munosabat bildirdi
15:41 / 21.04.2022