Jahon | 11:44 / 02.06.2018
25359
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Yirik akula tishlari bilan qayiqqa yopishib oldi

Yangi Zelandiya qirg‘oqlarida yirik mako-akulasi videoga olindi, u suvdan otilib chiqqan va qayiqqa tishlari bilan mahkam yopishib olgan. Bu haqda UPI xabar bermoqda.

Rolik muallifining aytishicha, akulalar orasida suzib ko‘rish maqsadida dengizga sakramoqchi bo‘lgan. Yirtqich baliq qayiqqa tishlari bilan yopishib olgach, u shunday degan: «Ey oshna, nima qilyapsan?». Shundan so‘ng akula to‘xtagan va suv ostiga sho‘ng‘igan.

Erkakning iddao etishicha, akulalar orasida, bu baliqlar haqidagi odamlar tasavvurini o‘zgartirish maqsadida suzadi. «Mako - dengizdagi eng tez va eng kutilmagan akuladir, biroq ular yo‘q bo‘lib ketish yoqasida ham turibdi, sababi tijorat yoki ko‘ngilochar maqsadlarda ko‘p ovlanadi», - deya aniqlik kiritdi u.

Mako-akulalar odamlar uchun juda xavflidir. 1980 yildan 2010 yilgacha odamlarga 42ta hujum qayd etilgan, uch kishi halok bo‘lgan. O‘rtacha bu baliqlar 3,2 metr uzunlikka ega bo‘ladi hamda 60dan 135 kilogrammgacha tosh bosadi. 

Mavzuga oid