Fan-texnika | 16:33 / 03.06.2018
4930
2 daqiqa o‘qiladi

Apple elektron qurilmalarga qaramlikka qarshi kurashmoqchi

Foto: Ralph Orlowski / Reuters

Kelasi haftada iOS 12 operatsion tizimini taqdim etishni rejalashtirayotgan Apple muhandislari foydalanuvchilarga elektron qurilmalarga qaramlikka qarshi kurashish imkonini beruvchi yangi ishlanmasini namoyish etishadi. Bloomberg Amerika IT-kompaniyasi rejalari bilan tanish manbalariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Gap Digital Health nomini olgan jihozlar to‘plami haqida bormoqda, u Apple qurilmalari foydalanuvchilariga gadjyetlar va alohida ilovalar ustida o‘tkazgan vaqtini nazorat qilish imkonini beradi. iOS'ning yangi imkoniyatlarini sozlamalardan topish mumkin bo‘ladi. 

Yangi operatsion tizim taqdimoti 4 iyun kuni San-Xoseda  Jahon Apple ishlab chiqaruvchilari konferensiyasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Agentlikda ta'kidlanishicha, foydalanuvchilar sentabr oyida iOS 12'ni o‘z qurilmalariga yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. 

Bloomberg shuningdek uning ba'zi boshqa xususiyatlari haqida ham ma'lumot berdi — bu, xususan, takomillashtirilgan ARKit to‘ldirilgan reallik platformasidir. Ishlab chiqaruvchilar yangi dasturiy ta'minot doirasida foydalanuvchilarga virtual olamda bir-biriga qarshi AR-o‘yinlar o‘ynash imkonini beruvchi yangi rejimni kiritishadi. 

"Bizga raqamli media qanday iste'mol qilinayotganini tushunishga yordam beruvchi jihozlar va ma'lumotlar kerak", - dedi Apple'ning sobiq katta ijrochi direktori Toni Fadell va iPhone o‘z-o‘zidan "tobe'lik emasligi"ni qo‘shimcha qildi. 

Apple kompaniyasi qurilmalari foydalanuvchilar o‘rtasida qaramlikni keltirib chiqarayotganiga doir tanqidiy fikrlar kompaniya investori — Jana Partners LLC va Kaliforniya davlat o‘qituvchilari nafaqa tizimi tomonidan bildirildi. 

Mavzuga oid