Kelasi haftada iOS 12 operatsion tizimini taqdim etişni rejalaştirayotgan Apple muhandislari foydalanuvçilarga elektron qurilmalarga qaramlikka qarşi kuraşiş imkonini beruvçi yangi işlanmasini namoyiş etişadi. Bloomberg Amerika IT-kompaniyasi rejalari bilan taniş manbalariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Gap Digital Health nomini olgan jihozlar töplami haqida bormoqda, u Apple qurilmalari foydalanuvçilariga gadjyetlar va alohida ilovalar ustida ötkazgan vaqtini nazorat qiliş imkonini beradi. iOS'ning yangi imkoniyatlarini sozlamalardan topiş mumkin böladi.
Yangi operatsion tizim taqdimoti 4 iyun kuni San-Xoseda Jahon Apple işlab çiqaruvçilari konferensiyasida bölib ötişi kutilmoqda. Agentlikda ta'kidlanişiça, foydalanuvçilar sentabr oyida iOS 12'ni öz qurilmalariga yuklab olişlari mumkin böladi.
Bloomberg şuningdek uning ba'zi boşqa xususiyatlari haqida ham ma'lumot berdi — bu, xususan, takomillaştirilgan ARKit töldirilgan reallik platformasidir. Işlab çiqaruvçilar yangi dasturiy ta'minot doirasida foydalanuvçilarga virtual olamda bir-biriga qarşi AR-öyinlar öynaş imkonini beruvçi yangi rejimni kiritişadi.
"Bizga raqamli media qanday iste'mol qilinayotganini tuşunişga yordam beruvçi jihozlar va ma'lumotlar kerak", - dedi Apple'ning sobiq katta ijroçi direktori Toni Fadell va iPhone öz-özidan "tobe'lik emasligi"ni qöşimça qildi.
Apple kompaniyasi qurilmalari foydalanuvçilar örtasida qaramlikni keltirib çiqarayotganiga doir tanqidiy fikrlar kompaniya investori — Jana Partners LLC va Kaliforniya davlat öqituvçilari nafaqa tizimi tomonidan bildirildi.












