Toshkentda OTBga a'zo davlatlar rahbarlarining ilk sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2019 yilda bankka a'zo davlatlar rahbarlarining ilk sammiti va moliya vazirlari uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Vashingtonda OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Verner Lipax ma'lum qildi.
29 may kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tomonidan OTBning Shimoliy Amerikadagi vakolatxonasi ishtirokida davra suhbati o‘tkazilgan.
Suhbat davomida OTB bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, AQSh kompaniyalarining O‘zbekistonda infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilish masalalari muhokama qilingan.
Lipak O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi prognozlariga to‘xtalib, “O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda eng ko‘p aholiga egaligi, boy tabiiy zaxiralar hamda strategik joylashgani uning iqtisodiy jihatdan yanada o‘sishi va ishlab chiqarishining oshishiga sharoitlar yaratishini” ta'kidlab o‘tgan.
2010 yilda Toshkentda OTB boshqaruvchilari kengashining 43-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024