Sport | 22:11 / 04.06.2018
5405
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda transfer oynasi 18 iyun kuni ochiladi

12 iyun kuni Superligada 15-tur uchrashuvlari yakuniga yetadi va Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionati munosabati bilan milliy chempionatda qisqa tanaffus yuzaga keladi. Pro-ligada esa jamoalar 29 iyundan ta'tilga yo‘l olishadi.  

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi yozgi transferlar oynasi 18 iyun – 15 iyul sanalari oralig‘ida bo‘lishini ma'lum qiladi. Transferlar oynasi ochilish va yopilish sanalariga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi. Superliga hamda Pro-liga ishtirokchi jamoalari mazkur davr oralig‘ida o‘z tarkibini yangi futbolchilar bilan to‘ldirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.  

O‘zbekistonda yozgi transferlar davri reglamentda belgilangani kabi, 4 haftadan oshmaydigan muddatda, ya'ni 18 iyun - 15 iyul sanalari oralig‘ida bo‘lishi FIFA tomonidan tasdiqlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid