Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yangi iOS 12 operatsion tizimini namoyish etdi
Apple ishlab chiqarish quvvati takomillashtirilgan va yangi funksiyalar kiritilgan yangi iOS 12 operatsion tizimini namoyish etdi. Taqdimot kompaniya tomonidan WWDC 2018 (Apple Worldwide Developers Conference) anjumani doirasida translyatsiya qilindi.
Unda tezlashtirilgan tizim faoliyatidan tashqari foydalanuvchilarga iOS-qurilmalar bilan ishlash vaqtini nazorat qilishda yordam beruvchi Screen Tim funksiyasi ham bo‘ladi.
iOS 12'da shuningdek Siri ovozli yordamchisi uchun Siri Shortcuts funksiyasi paydo bo‘ldi. Uning sharofati bilan Siri har qanday ilovalarda ishlay oladi, uning buyruqlarini dasturlashtirish mumkin bo‘ladi, bu esa kundalik vazifalarni sezilarli darajada tezlashtiradi.
Tizim xabarlarida Animoji'dan tashqari real suhbatdoshlarning hissiyotlari va o‘ziga xosligini yetkazib beruvchi Memoji — Apple personajlari bo‘ladi. iOS 12 operatsion tizimida shuningdek videos'yomkalar va guruh FaceTime'i (videoxabarlar)ning yangi effektlari mavjud.
Mavzuga oid
09:53 / 17.11.2025
Apple’ga $634 million jarima: Masimo bilan mojaro yana avjida
14:54 / 04.11.2025
Apple Magic Mouse’ga haqiqiy raqobatchi paydo bo‘ldi
11:18 / 04.11.2025
Apple iOS 26.1 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
18:09 / 03.11.2025