Apple işlab çiqariş quvvati takomillaştirilgan va yangi funksiyalar kiritilgan yangi iOS 12 operatsion tizimini namoyiş etdi. Taqdimot kompaniya tomonidan WWDC 2018 (Apple Worldwide Developers Conference) anjumani doirasida translyatsiya qilindi.

Foto: WWDC 2018

Unda tezlaştirilgan tizim faoliyatidan taşqari foydalanuvçilarga iOS-qurilmalar bilan işlaş vaqtini nazorat qilişda yordam beruvçi Screen Tim funksiyasi ham böladi. 

iOS 12'da şuningdek Siri ovozli yordamçisi uçun Siri Shortcuts funksiyasi paydo böldi. Uning şarofati bilan Siri har qanday ilovalarda işlay oladi, uning buyruqlarini dasturlaştiriş mumkin böladi, bu esa kundalik vazifalarni sezilarli darajada tezlaştiradi. 

Tizim xabarlarida Animoji'dan taşqari real suhbatdoşlarning hissiyotlari va öziga xosligini yetkazib beruvçi Memoji — Apple personajlari böladi. iOS 12 operatsion tizimida şuningdek videos'yomkalar va guruh FaceTime'i (videoxabarlar)ning yangi effektlari mavjud.