Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron oliy yetakchisi uranni boyitishni ko‘paytirishni buyurdi
Foto: khamenei.ir
Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy Eron atom energiyasi tashkiloti zudlik bilan uranni 190 ming AIBgacha (izotoplarning ajralish bo‘yicha ish birligi, sentrifugalar kuchi ko‘rsatkichlaridan biri) boyitishni boshlashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Press TV telekanali ma'lum qildi.
Oyatulloh Eron bir vaqtning o‘zida ham sanksiyalar, ham “yadroviy nazorat” ostida bo‘la olmasligini aytgan. Shu sababli u uranni boyitishga tayyorlanishni buyurgan.
2015 yil sentabrda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Araqchi Eron yaqin 15 yil ichida 6- va 8-avloddagi sentrifugalar yordamida 190 ming AIB olishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
21:33 / 02.01.2026
Eronda keng ko‘lamli namoyishlar. Hozirgacha nimalar ma’lum?
20:09 / 02.01.2026
Eron rasmiylari Trampni Tehronga tahdidlari uchun tanqid qildi
17:46 / 02.01.2026
Tramp AQSh Erondagi namoyishchilarga «yordam berishga tayyor» ekanini aytdi
20:09 / 01.01.2026