Sport | 18:26 / 05.06.2018
3182
2 daqiqa o‘qiladi

PFL futzal, ayollar va yoshlar jamoalariga bee'tibor klublarni jazolaydi

Foto: PFL

Superliga 12ta klubining har birida ayollar, futzal, yoshlar va o‘smirlar jamoasi bo‘lishi shart, deb yozmoqda PFL sayti.

Bu talablarni bajarish, oson emas. Ammo Superliga klublari mavsum avvalidayoq bu talabni bilgan va shu ishlarni bajarish kafolatini bergan. Shunga qaramay, ayrim jamoalar futzalchilarga yoki eng kichik yosh jamoalarga e'tiborni susaytirib yuborgan. Bu borada PFL shikoyatlarni olyapti.

Shundan kelib chiqib, Professional futbol ligasi Superliga klublarini rasman ogohlantiradi. Shakli jihatidan boshqa-boshqa bo‘lishiga qaramay, ayollar futboli va futzal jamoalari ham klubning teng huquqli a'zosidir. Shu qoida kimningdir yodidan ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘sha jamoa jazoga tortiladi.

PFL talabi o‘zgarmaydi. Superliga klublari asosiy tarkib futbolchilariga qanday e'tibor qaratsa, qolganlar ham shunday e'tiborda bo‘lishi lozim. O‘z navbatida Pro-Liga klublari ham hozirdanoq bu kabi talablar haqida bosh qotirishi shart. Zero bu talablarga javob bera olmaydigan klublar baribir Superligaga qo‘yilmaydi.

Mavzuga oid