Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda Tramp va Kim Chen In uchrashuviga maxsus tangalar chiqarildi
Singapurda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi munosabati bilan maxsus tangalar chiqarildi. Bu haqda mamlakat zarbxonasi saytida xabar qilingan.
«Mo‘ljallanayotgan tarixiy sammit Singapur tarixida muhim iz qoldiradi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, tangalar uch variantda qilingan: oltin, kumush va nikellangan ruxdan.
Shu bilan birga, har bir tangada qo‘llarning siqishuvi aks etgan, chapda - KXDR bayrog‘i, o‘ngda - AQShniki.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Singapurda Kim Chen In uchun limuzin qidirayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
13:41 / 03.12.2025
Rossiya imperiyasi davriga oid oltin tangalarni sotishga urinish fosh etildi
20:14 / 13.11.2025