Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel 5 GGts.dagi o‘zining ilk protsessorini taqdim etdi
Taybeyda 5-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan Computex 2018 ko‘rgazmasida Intel kompaniyasi Core i7-8086K protsessorini taqdim etdi. U cheklangan tirajda chiqariladi va Intel’ning Boost rejimida 5 GGts chastotali ilk protsessoriga aylanadi.
Core i7-8086K kompaniya tomonidan Intel’ning x86 arxitekturasiga ega birinchi mikroprotsessori - Intel 8086 taqdim etilganining 40 yilligiga chiqarilmoqda. U 1976 yilning bahoridan ishlab chiqila boshlangan hamda 1978 yilning 8 iyun kuni taqdim etilgan.
Protsessorning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: LGA 1151 soketiga ega Coffee Lake-S 14-nm arxitektura, 6 yadro 12 oqimli, 4 GGts bazaviy chastota, Boost rejimida 5 GGts, uchinchi darajadagi 12 MB kesh, UHD630 integratsiyalashgan grafikasi, TDP 95 Vt.
Intel Core i7-8086K 8 iyun kuni savdoga chiqariladi. Tavsiya etilgan narx hozircha e'lon qilinmadi, biroq, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u $399 turadi.
Mavzuga oid
11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi
07:20 / 28.07.2025
Intel Germaniyada chiplar zavodi qurishdan voz kechdi
22:02 / 12.10.2024
Intel o‘z tarixidagi eng yirik inqirozga duch keldi. Kompaniya Qualcommʼga sotib yuborilishi mumkin
14:50 / 23.09.2024