Taybeyda 5-9 iyun kunlari bölib ötayotgan Computex 2018 körgazmasida Intel kompaniyasi Core i7-8086K protsessorini taqdim etdi. U çeklangan tirajda çiqariladi va Intel’ning Boost rejimida 5 GGts çastotali ilk protsessoriga aylanadi.
Core i7-8086K kompaniya tomonidan Intel’ning x86 arxitekturasiga ega birinçi mikroprotsessori - Intel 8086 taqdim etilganining 40 yilligiga çiqarilmoqda. U 1976 yilning bahoridan işlab çiqila boşlangan hamda 1978 yilning 8 iyun kuni taqdim etilgan.

Protsessorning öziga xos xususiyatlari quyidagilar: LGA 1151 soketiga ega Coffee Lake-S 14-nm arxitektura, 6 yadro 12 oqimli, 4 GGts bazaviy çastota, Boost rejimida 5 GGts, uçinçi darajadagi 12 MB keş, UHD630 integratsiyalaşgan grafikasi, TDP 95 Vt.

Intel Core i7-8086K 8 iyun kuni savdoga çiqariladi. Tavsiya etilgan narx hozirça e'lon qilinmadi, biroq, dastlabki ma'lumotlarga köra, u $399 turadi.


















