Jamiyat | 17:45 / 06.06.2018
5518
2 daqiqa o‘qiladi

Islom institutida azon musobaqasi o‘tkaziladi

Foto: Wikipedia

Joriy yilning 8 iyun kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi homiyligida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining talabalari o‘rtasida «Najotga shoshilaylik» shiori ostida azon musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa 2 shart bo‘yicha o‘tkaziladi:

Birinchi shartda ishtirokchilarning azonni mahorat bilan aytib berishi talab etiladi. Bunda hakamlar ovoz, tarannum va to‘g‘ri talaffuz me'yorlari bo‘yicha baho qo‘yadilar.

Ikkinchi shartda ishtirokchilar bilet tortgan holda azonga doir fiqhiy savollarga javob beradilar. Hakamlar javoblarning to‘liq va mukammalligiga alohida e'tibor qaratadilar.

Eslatib o‘tamiz, «Vaqf» xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib u o‘z oldiga masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini qurish, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid