Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla aksiyadorlari Ilon Maskni o‘z lavozimlarida qoldirishga qaror qilishdi
Ilon Mask Tesla kompaniyasining bosh direktori va boshqaruv raisi lavozimlarini egallashda davom etadi. Bunday qaror kompaniya direktorlar kengashining 5 iyundagi yig‘ilishi natijalariga ko‘ra ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.
“Direktorlar kengashi boshqaruvni boshqa odam egallaganda kompaniyaning hozirgi muvaffaqiyati bo‘lmasdi, deb hisoblamoqda. Kengash, shuningdek, kompaniya hozirgi chaqiriqlar va tashqi bosimga tezda moslashishi zarur bo‘lgan onda boshqaruv kompaniyaning operatsion faoliyati bilan yaqindan bog‘langan bo‘lishi muhim, deb hisoblaydi”, deb aytilgan bayonotda.
Maskni lavozimlaridan ketkazish taklifini aprelda kompaniyaning bor-yo‘g‘i 12 ta aksiyasiga ega bo‘lgan minoritar aksiyadori Tszin Chjao bildirgan. Uning taklifini ba'zi aksiyadorlar, jumladan dunyodagi eng katta investitsion jamg‘arma Norges Bank Investment Management ham qo‘llab-quvvatlagan. Maskni lavozimidan ketkazish uchun aksiyadorlarning uchdan ikki qismi ovozi lozim bo‘lgan. Biroq Maskning o‘ziga 20 foiz aksiya tegishli ekani hisobga olinsa, bunday natijaga erishish amrimahol hisoblanadi.
Shuningdek, boshqa lavozim almashtirish takliflari ham qo‘llab-quvvatlanmagan. Yig‘ilishda kompaniyaning uchta direktori: kompaniyaning yetakchi direktori Antonio Grasias, Ilon Maskning ukasi Kimbal va 21st Century Fox Inc. kinokompaniyasi bosh direktori Jyeyms Merdok vakolatlarini uzaytirmaslik masalasi ham ko‘rilgan. Ularning qayta saylanishlariga qarshi chiqqanlar Grasias va Kimbal Mask Ilon Maskka juda yaqin ekanliklarini, Merdokning esa avtomobil biznesida hech qanday tajribasi yo‘qligini vaj qilishgan. Biroq ko‘pchilik aksiyadorlarni bu vajlar qoniqtirmagan va yuqoridagi shaxslarning barchasi o‘z vazifalarini bajarishni davom ettiradi.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
21:42 / 12.06.2026