Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing Eronga samolyotlar yetkazib berishdan bosh tortdi
Foto: REUTERS/Jim Young
Boeing korporatsiyasi Eronga avval imzolangan 20 mlrd dollarlik shartnomalarga binoan samolyotlar yetkazib bermaydi. Bunga esa AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish va Eronga qarshi avval bekor qilingan sanksiyalarni tiklash qarori sabab bo‘lgan.
“Biz Eronga hozircha samolyot yetkazib bermadik va Eron bilan savdo qilishga litsenziyaga boshqa ega emasligimiz sababli samolyotlarni yetkazib bermaymiz”, deb aytgan Boeing vakili.
2016 yil sentabrda Barak Obama ma'muriyati Eronga fuqarolik aviatexnikasini sotishga ruxsat bergan. O‘sha yili Eronning eng yirik aviakompaniyasi Iran Air AQSh kompaniyasi bilan 80 ta yo‘lovchi samolyoti sotib olishga kelishuv imzolagan. Samolyotlarni 2018 yildan boshlab 10 yil davomida yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, AQSh kompaniyasi 2017 yilda Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi bilan 30 ta samolyot yetkazib berishga kelishuvga erishgandi.
Mavzuga oid
23:00 / 11.03.2026
G‘arbiy Yevropada AQSh-Eron urushining birinchi kunida sirli radiostansiya ishga tushdi
22:40 / 11.03.2026
Mantiqsiz urush. Uni boshlaganlar qanday tugatishni bilmayapti
21:41 / 11.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush tufayli neft zaxiralarining tarixdagi eng katta zaxirasi ochiladi
21:06 / 11.03.2026