Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa kompaniyalari Erondan neft sotib olishni to‘xtatmoqda – Reuters
Yevropaning neftni qayta ishlovchi kompaniyalari AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi sanksiyalarni tiklashi qarori sababli Tehrondan neft sotib olishni to‘xtatmoqda. Bu haqda ushbu sohadagi manbalar Reuters axborot agentligiga ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Erondan neft sotib olishni Total fransuz kompaniyasi, Italiyaning ENI va Saras, Ispaniyaning Repsol va Cepsa hamda Gretsiyaning Hellenic Petroleum kompaniyalari to‘xtatmoqchi. Bu kompaniyalar hissasiga Yevropa davlatlari tomonidan Erondan sotib olinadigan neftning katta qismi to‘g‘ri keladi. Bu miqdor Eron neft eksportining beshdan bir qismini tashkil qiladi.
Erondan Yevropaga neft eksportining qisqartirilishiga banklar hamda transport va sug‘urta tarmog‘i kompaniyalari AQSh sanksiyalari ostiga tushishdan xavotirlanib, Eron bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha ishlashdan voz kechayotgani yana bir sabab bo‘lmoqda.
“Hamma gap neftni tashish uchun tanker va uni sug‘urtalovchi kompaniyani topishda. Hozirda bu oson ish bo‘lmay qoldi”, deb aytgan manbalardan biri.
Tramp Eronga qarshi eski sanksiyalarni nafaqat 90-180 kun ichida qaytarishga, balki yangilarini kiritishga va'da qilgan.
Mavzuga oid
07:31 / 04.05.2026
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
13:10 / 03.05.2026